«yoshlar forumi» tegli maqolalar


21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 dekabr 2021, 22:00

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Istanbulda O‘zbekiston yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi — reportaj
21 dekabr 2021, 11:23

Istanbulda O‘zbekiston yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi — reportaj

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning turli shaharlaridagi universitetlarda tahsil olayotgan 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talabalar, tadqiqotchilar va faol yoshlar o‘z taklif va loyihalari bilan ishtirok etdi. Forum doirasida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev bilan jonli muloqot ham o‘tkazildi. «Gazeta.uz» forumdan reportaj tayyorladi.

18 — 25 dekabr kunlari «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» bo‘lib o‘tadi
6 dekabr 2021, 19:08

18 — 25 dekabr kunlari «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» bo‘lib o‘tadi

Yoshlar ishlari agentligining xabar berishicha, 18 dekabrdan 25 dekabrgacha «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Forumdan maqsad yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish ekanligi aytildi. Takliflar yoshlarforumi.uz platformasida e’lon qilinadi. Yoshlarning eng yaxshi takliflari hukumatga olib kiriladi.

Yoshlar forumida qatnashganlarning barchasi koronavirusga test topshirgan — Yoshlar ishlari agentligi
2 iyul 2021, 14:31

Yoshlar forumida qatnashganlarning barchasi koronavirusga test topshirgan — Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi Toshkentdagi Yoshlar va talabalar forumining barcha ishtirokchilari koronavirusga test topshirganligini ta’kidladi. «Ishtirokchilar vaksina qilinishi rejalashtirilgan edi, lekin emlashdan keyin tana harorati ko‘tarilish sababli vaksinatsiya o‘tkazilmagan», — deyiladi agentlik bayonotida.

Faol yoshlar deputat va senatorlarga biriktiriladi
30 iyun 2021, 20:45

Faol yoshlar deputat va senatorlarga biriktiriladi

Prezident O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida faol yoshlar yuqori va quyi palata a’zolariga biriktirilishi, mahalliy kengashlarda ham yoshlar parlamenti tashkil etilishini ma’lum qildi. «Ushbu tizim asosida siyosiy yetuk va faol yosh yigit-qizlar parlament va mahalliy kengashlar faoliyatiga yanada kengroq jalb etamiz», — dedi u.

Yoshlar forumi va prezident murojaatida aytilgan tadbirlarni o‘tkazish uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ kerak bo‘ladi
11 yanvar 2021, 18:15

Yoshlar forumi va prezident murojaatida aytilgan tadbirlarni o‘tkazish uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ kerak bo‘ladi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Yoshlar forumi va prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan tadbirlar uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ zarur bo‘lishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi
25 dekabr 2020, 18:01

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tajribasi, «Yoshlar: 1+1» dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, «Yoshlar murojaati» elektron platformasi, tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga 4 foizlik kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va boshqa mavzularga to‘xtaldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting